Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falcon 9’ning birinchi pog‘onasi Atlantikadagi suzuvchi platformaga qo‘ndirildi
Foto: AP
Falcon 9 raketa tashuvchisining birinchi pog‘onasi Bolgariyaning BulgariaSat 1 sun'iy yo‘ldoshini muqim orbitaga olib chiqish uchun uchirilgach, Atlantika okeanidagi suzuvchi platformaga eson-omon qo‘ndirildi. Parvozning translyatsiyasini kosmik apparatning egasi SpaceX tomonidan olib borildi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Bolgariyaning BulgariaSat 1 sun'iy yo‘ldoshini ortib olgan Falcon 9 Kanaveral burnidagi kosmodromda bugun Toshkent vaqti bilan 00:10 da parvoz qildi.
9 daqiqadan so‘ng uning birinchi pog‘onasi yerga qaytib, Antaltika okeanidagi suzuvchi platformaga tik qo‘ndirildi.
Raketa tashuvchining ikkinchi pog‘onasi 35 daqiqa ichida sun'iy yo‘ldoshni oraliq orbitaga qadar olib chiqdi.
NASA bilan o‘zaro shartnoma asosida Xalqaro kosmik stansiyaga yuk parvozlarini, shuningdek sun'iy yo‘ldoshlarni tijoriy parvozlarini uyushtiruvchi SpaceX kompaniyasi Falcon 9’ning dastlabki pog‘onasini Atlantikadagi suzuvchi platformaga qo‘ndirib, raketa tashuvchi pog‘onalardan ko‘p marta foydalanish texnologiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Kompaniyadagilarning ishonishicha, birinchi pog‘onadan qayta foydalanish kosmik parvozlarni arzonlashtiradi.
BulgariaSat 1’ni uchirish mobaynida shu yilning yanvarida Iridium Satellite Communications kompaniyasiga tegishli tijoriy sun'iy yo‘ldoshni uchirishda foydalanilgan, saqlab qo‘yilib, keyinchalik tiklangan birinchi pog‘ona qayta ishlatilgan.
Statistikaga ko‘ra, SpaceX shu paytgacha uchirilgan Falcon 9 raketalarining 12 ta birinchi pog‘onasini saqlab qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:36 / 26.12.2025
2026 yil prognozi: dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyalar
09:45 / 08.11.2025
Starlink Markaziy Osiyoda sun’iy yo‘ldosh aloqasini rivojlantirish bo‘yicha Veon bilan kelishuv tuzdi
11:14 / 14.10.2025
SpaceX Starship'ning 11-sinovini muvaffaqiyatli yakunladi
18:26 / 02.10.2025