Xizmat Ukrainada 2025 yil IV çorakda, söng Qozoğistonda 2026 yilda işga tuşiriladi, deya xabar tarqatdi Reuters.
Kelişuv Veon’ga boşqa sun’iy yöldoş operatorlari — Amazon’ning Project Kuiper, AST SpaceMobile, Eutelsat OneWeb bilan ham alohida yönalişlarda işlaş imkonini qoldiradi.
Ma’lumot uçun, Veon tarkibidagi operatorlar Özbekiston, Pokiston va Bangladeşda ham faoliyat yuritadi. Ayni paytda yangi texnologiyaning uşbu mamlakatlarga joriy etilişi yuzasidan aniq ma’lumot yöq.
Sun’iy yöldoş-smartfon aloqasi bozorida 2026 yildan tijoriy işga tuşişni möljallayotgan raqobatçilar bor, bir qator operatorlar allaqaçon mintaqaviy kelişuvlar tuzgan.
Starlink kompaniyasi dunyo böylab 7 mln+ foydalanuvçiga ega. Orbitada 8 mingdan ortiq yöldoş işlamoqda, şularning taxminan 650 tasi direct-to-cell xizmatiga ixtisoslaşgan.

















