Amerikaning SpaceX kompaniyasi Hind okeaniga qöngan tarixdagi eng katta Starship kosmik kemasi prototipi bölgan raketa taşuvçining 11-sinovini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda korporatsiya 13 oktyabr, duşanba kuni X ijtimoiy platformasida ma’lum qildi.

«Suvga qöniş tasdiqlandi! Starşip'ning ön birinçi sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan butun SpaceX jamoasini tabriklaymiz!» - deyiladi postda.

Bu kompaniya Oy va Marsga missiyalar uçun qöşimça funksiyalar bilan sinovdan ötkazişni boşlaşdan oldingi oxirgi parvoz edi.

Kema prototipi mahalliy vaqt bilan soat 18:24 (Toşkent vaqti bilan 4:24)da Texasdagi Starbase uçiriş maydonidan kötarildi. Starşip'ni koinotga uçirgaç, Super Heavy kuçaytirgiçi havoga kötarilganidan taxminan 10 daqiqa ötib Meksika körfaziga qaytib keldi. Yuqori poğona Hind okeaniga tuşib, avvalroq Starlink sun’iy yöldoşining bir qator maketlarini orbitaga olib çiqqan.