Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» Neymarsiz yirik g‘alabaga erishdi

«PSJ» Fransiya Kubogining 1/8 finalida quyi divizion vakili «Sosho»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Monbelyardagi «Ogyust Bonal» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Parijliklar safida argentinalik havbek Anxel Di Mariya birinchi daqiqadayoq hisobni ochdi, u o‘yin davomida yana ikki gol urdi. Bundan tashqari 28-daqiqada Edinson Kavani bitta gol urdi. Mezbonlarning yagona goliga Floryan Martin muallif bo‘ldi.
O‘yin oxirida poytaxt jamoasi darvozaboni Kevin Trapp qizil kartochka oldi, ammo bu hisobga ta'sir ko‘rsatmadi. Bu vaqtga kelib Unai Emeri barcha almashtirishlardan foydalanib bo‘lgani bois Trappning o‘rnini jamoa himoyachisi Dani Alves egalladi.
Neymar «PSJ»ning bu o‘yiniga zayavka qilinmagandi.
Fransiya Kubogi
1/8 final
Sosho – PSJ 1:4 (1:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 1 Di Mariya, 1:1 – 13 Marten, 1:2 – 27 Kavani, 1:3 – 58 Di Mariya, 1:4 – 62 Di Mariya.
Sosho – Ati-Zidji, Ojye, Bergdish, Alfons, Berenger, Meyte, Marten (Bakayoko, 21), Tarde, Ruis, Ba, Tuzgar (Robine, 59).
PSJ – Trapp, Tiago Silva, Kimpembe, Kurzava, Mene, Draksler, Di Mariya, Diarra (Motta, 73), Verratti (Pastore, 68), Mbappe, Kavani (Dani Alves, 68).
Ogohlantirish: Verratti (35).
Chetlatish: Trapp (90).
Mavzuga oid

08:11 / 14.08.2025
«PSJ» kambek amalga oshirdi va Superkubokni qo‘lga kiritdi

12:14 / 14.07.2025
Enrike o‘yindan keyingi janjalga aralashdi va raqib futbolchisini urib yiqitdi

02:13 / 14.07.2025
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi

17:41 / 13.07.2025