UYeFA Superkubogi
«PSJ» – «Tottenhem» 2:2 (pen: 4:3 )
Gollar: In 85, Ramuş 90+4 – Van de Ven 39, Romero 48
«PSJ» – Şevale, Hakimi, Markinios, Paço, Mendeş, Zair-Emeri (Li Kan In, 68), Vitinya, Due (Ramuş, 77), Barkolya, Dembele, Xviça (Ruis, 60)
«Tottenhem» – Vikario, Porro, Romero, Danso, van de Ven, Paliniya, Bentakur, Sarr, Qudus (Tel, 79), Rişarlison (Solanke, 72), Spens.
Ogohlantirişlar: Barkolya 55, Paço 58, Dembele 90 – Rişarlison 53, Danso 62.
«Tottenhem» va «PSJ» bunga qadar heç qaçon Superkubokni qölga kiritmagandi. Öyindan oldin köpçilik parijliklarni yaqqol favorit sifatida körayotgandi, lekin amalda öyin kutilmagan ssenariyda keçdi. «PSJ» klublar örtasidagi jahon çempionatidan keyin Londonning yana bir jamoasiga qarşi titul uçun yana bir oğir uçraşuv ötkazdi, ammo yakunda baribir kubokni öziniki qildi.
Ikki jamoa ham boşlanğiç tarkibi bilan ajablantirdi. «PSJ» hujum çiziğida Xviça, Dembele va Duedan taşqari Barkolyaga ham joy topildi. Murabbiy uni hujumning çap qanotiga taşladi, gurjistonlik vinger öng qanotdan joy oldi, Due esa hujumkor yarimhimoyaçiga aylandi. Öz navbatida, «Tottenhem» sönggi vaqtlarda hujumdagi qator vakillarini yöqotgandi: Son ketdi, Kuluşevski, Meddison va Solanke esa jarohatlangan. Ulardan sönggisi faqat öyin oxiriga borib maydonga tuşdi. Natijada londonliklar beş himoyaçi bilan öynaşga qaror qilişdi, oldinda faqat Rişarlison hamda Quddus qoldirildi.
Aytiş mumkinki, «Tottenhem»ning boşlanğiç rejasi iş berdi. Birinçi bölimda «PSJ»da birorta çinakamiga xavfli vaziyat yuzaga kelmadi. Inglizlar töpga egalik qilişda ikki barobar ortda qolişdi, ammo darvozaga zarba beriş böyiça birinçi bölimda yaqqol ustunlik qilişdi – 9:4. Umuman, birinçi bölimda ikki tomonda ham yaqqol golli vaziyatlar kam böldi, eng yaxşi imkoniyat «Tottenhem»da yuzaga keldi va Frank şogirdlari bundan foydalandi.
39-daqiqada «Tottenhem» darvozaboni Vikario ijro etgan jarima zarbasidan keyin «PSJ» darvozasi qarşisida palapartişlik yuzaga keldi. Avvaliga Palinya bir neça metr masofadan zarba yölladi, ammo Şevale töpni tösin tomon yönaltirildi. Ammo töp baribir maydonga qaytdi va unga birinçi bölib Mikki van de Ven yetib keldi, u amalda böş darvozani işğol qildi.













