«Çelsi» – «PSJ» 3:0
Gollar: Palmer (22, 30), Joau Pedru (43)
«Çelsi»: Sançes, Kukurelya, Kolvill, Çaloba, Gyusto, Kaysedo, Jyeyms (Dyuzberi-Holl 77), Pedru Netu (Nkunku 77), Enso Fernandes (Santos 60), Palmer, Joau Pedru (Delap 67)
«PSJ»: Donnarumma, Nunu Mendeş, Beraldo, Markinos, Hakimi (Ramuş 73), Vitinya, Ruis (Zair Emeri 73), Joau Neveş, Kvaratsxeliya (Barkolya 58), Dembele, Due (Ramuş 73)
Ogohlantirişlar: Pedru Netu (35), Kaysedo (36), Gyusto (40), Koluill (82) – Dembele (87), Nunu Mendeş, 90
Çetlatiş: Neveş (86)
«PSJ» bu mavsumda yölidan uçragan har qanday raqibni tor-mor etib kelayotgandi va klublar örtasidagi jahon çempionati finali oldidan köpçilik uçun «Çelsi» – yaqqol autsayder sifatida körilayotgandi. Maydonda esa barçasi kutilmagan ssenariyda keçdi.
Luis Enrike sinalgan tarkibni tuşirdi, oldinda Dembele-Due-Xviça uçligi harakatlandi, Paçoning diskvalifikatsiyasi tufayli Beraldo himoya markazidan joy egalladi. Mareska esa syurpriz tayyorlagandi - öng qanot himoyaçisi Ris Jyeyms tayanç zonasiga taşlandi, qanotda uning örnini Gyusto egalladi.
Öyinni tribunada ötirib tomoşa qiliş uçun şaxsan AQŞ prezidenti Donald Tramp va rafiqasi Melaniya Tramp stadionga taşrif buyurişdi.

Öyin startida kutilmaganda «Çelsi» ança oldinga çiqib pressing uyuştirdi va töp asosan maydonning parijliklar darvozasi joylaşgan qismida qolişini ta’minladi.
Öyindagi ilk xavfli vaziyat ham londonliklarda böldi, 9-daqiqada çiroyli kombinatsiyani Palmer gol bilan yakunlaşi mumkin edi, ammo töp ustun yonginasidan ötib ketdi.
Şundan keyin londonliklar toliqişdi va orqaroqqa qaytişdi, parijliklar safida esa Due qulay imkoniyatdan foydalana olmadi, 16-daqiqada Ruis qanotdan jarima maydoniga kirib kelgan hujumçini töp bilan ta’minladi, u yaqin masofadan zarba berişi mumkin edi, ammo u markazda böş turgan Xviçaga töp uzatişga qaror qildi – Kukurelya esa uning niyatini öqidi.
Ikki daqiqa ötib Dueda yana bir vaziyat yuzaga keldi, bu safar uning himoyaçilar ortidan yerlatib yöllagan murakkab zarbasini Sançes bartaraf etdi.
Şundan keyin Koul Palmer katta sahnaga çiqdi, u avvaliga sakkiz daqiqa içida egizak gollarini nişonladi, keyin esa Joau Pedruga golli uzatma berdi.
















