Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi maqomini bekor qilish bo‘yicha qonun loyihasi parlamentga kiritiladi
Foto: parliament.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 28-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari, vazirlik va idora vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2019 yil 3 apreldagi Qo‘shma qarori bilan viloyat, tuman, shahar hokimlarining xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘rib chiqildi.
Tadbirda ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan “Hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomi bekor qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yuzasidan vazirlik, idoralar hamda viloyatlar, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan taqdim etilgan taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.
Qonun loyihasidan o‘rin olgan hokimning mahalliy vakillik organi rahbari sifatidagi maqomini bekor qilish va alohida xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimini joriy qilish, Kengashlarda doimiy asosda ishlovchi deputatlar faoliyatini tashkil etish, xalq deputatlari Kengashi raisi va uning o‘rinbosarini saylash tartibi kabi kompleks masalalar ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi bilan qiyoslangan holda muhokama qilindi.
Shuningdek, mazkur qonun loyihasida Kengash raisi va uning o‘rinbosarining maqomi, Xalq deputatlari Kengashlari faoliyatiga tashkiliy, moddiy-texnik va axborot-tahliliy jihatdan ko‘maklashuvchi kotibiyatlar faoliyatini tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, ularning faoliyatini moliyalashtirish manbalari, shtat birliklarini joriy qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tadbirda qonun loyihasini maromiga yetkazish va Qonunchilik palatasi va Senat Kengashlari muhokamasiga kiritish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilindi.
Mavzuga oid
19:21 / 01.01.2026
Tuman hokimlari kengash raisi lavozimidan ketdi
21:33 / 22.12.2025
“Bizni tinch qo‘yishsa, ko‘proq hosil olamiz” – Kogonlik fermer o‘zi va hamkasblari qanday sharoitda ishlayotgani haqida
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
11:54 / 02.09.2025