Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi qurilishi boshlandi
O‘zbekistonlik bir guruh ulamolar va imom-xatiblar AQShda qurilishi boshlanayotgan «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi tamal toshini qo‘yib berdi.
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Ohayo shtatining Sinsinnati shahrida qurilishi boshlangan masjid AQShdagi vatandoshlar tomonidan barpo qilinmoqda. Marosimda marhum shayx hazratlarining o‘g‘li Ismoil Muhammad Sodiq va boshqa shogirdlari ham qatnashgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, imom-xatiblar shuningdek, Sinsinnati shahrida istiqomat qiladigan vatandoshlar bilan ham bir nechta uchrashuv va Ramazon oyi tadbirlarida ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik bir guruh ulamolar va imom-xatiblar 20 apreldan 2 mayga qadar Ramazon tadbirlarida ishtirok etish uchun AQShga tashrif buyurishi ma’lum qilingan edi.
Shuningdek, bir necha kun avval Musulmonlar idorasi vakillari O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi tomonidan AQSh rasmiylari ishtirokida tashkil qilingan iftorlikda ham qatnashgan edi.
Mavzuga oid
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
11:29 / 08.05.2026