Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini aprel oyida o‘tkazadi
Professional boksda mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shohjahon Ergashev navbatdagi jangda ringga chiqadi.
«Olamsport» nashri xabar berishicha, 23 fevral kuni Moskva orqali AQShga yetib borgan Shohjahon Ergashev 28 aprel kuni ringga ko‘tariladi. Bunda bokschiga kim raqiblik qilishi mumkinligi hozircha ma'lum emas.
Shohjahon Ergashev professional boksda 12ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini nokaut qilgan.
Ma'lumot uchun, super yengil (63,5 kg.gacha) vazn toifasida musobaqalarda ishtirok etayotgan Ergashev jahon boks assotsiatsiyasi WBAning fevral oyidagi yangi reytingida kuchli 15 sportchi safidan o‘rin olgan va 12-o‘ringa ko‘tarilgan.
Bundan avvalroq Ergashevning o‘zi reytingda birinchi bo‘lib turgan bokschiga qarshi ringga chiqishga tayyor ekani haqida aytgandi.
Mavzuga oid
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
20:13 / 29.12.2025