Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Menejerlik sertifikatiga ega maktab direktorlariga har oy qo‘shimcha ustama to‘lanadi
Joriy yil 1 sentabrdan boshlab menejyerlik sertifikatiga ega maktab direktorlariga lavozim maoshining 50 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lish talabi quyidagi ta’lim muassasalari direktori lavozimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
- Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;
- jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari;
- sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari;
- ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;
- alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar.
Joriy yilning 16 yanvaridan boshlab menejerlik kursida ta’lim olish uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlanadi.
Buning uchun nomzodlar maxsus portal (manager.uzedu.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tib, kurslarda ishtirok etish uchun ariza yuborishi talab etiladi.
Menejerlik kurslari 2024 yil 1 fevraldan boshlanadi.
Mavzuga oid
22:20 / 15.01.2026
Navoiyda 5-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
13:32 / 14.01.2026
Xorijiy til o‘qituvchilariga sertifikat olish uchun qo‘shimcha vaqt berilmoqda
14:06 / 02.01.2026
Mahalliy tovar sertifikati xarajatlari kompensatsiya qilinadi
08:48 / 24.12.2025