Qarorga köra, “Özbekekspertiza” AJ tomonidan mebel va yoğoçsozlik mahsulotlarining mahalliy korxonalar tomonidan işlab çiqarilganini aniqlaş böyiça ekspertiza tölov undirilmasdan ötkaziladi. Şuningdek, mahalliy işlab çiqarilgan tovar töğrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylaştiriş amaliyoti joriy etilgani qayd etilgan. 

Nizomda belgilanişiça, “Savdoni rivojlantiriş kompaniyasi” AJ tomonidan mahalliy işlab çiqarilgan tovar töğrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylaştiriş bilan boğliq xarajatlar sertifikat/xulosaning amal qiliş muddati davomida 1 marta qoplab beriladi.

Bunda vakolatli organ kompensatsiya masalasida Kompaniyaga murojaat qilişi uçun har hafta yakuni bilan tegişli ma’lumotlar kiritilgan reyestrni taqdim etadi. Reyestr Kompaniyaga elektron platforma — subsidiya.epauzb.uz orqali yuborilişi közda tutilgan. 

Şu bilan birga, vakolatli organning kompensatsiya oliş böyiça murojaati kompaniya tomonidan murojaat kelib tuşgan sanadan boşlab 7 iş kuni içida körib çiqilib, xarajatlarni qoplab beriş yuzasidan qaror qabul qilinişi belgilangan.

Yangi nizom mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun sertifikatlaş jarayonlarini moliyaviy jihatdan yengillaştiriş, ma’lumot almaşinuvini raqamlaştiriş va kompensatsiya beriş tartibini aniq reglamentlaşga qaratilgan.