Ayni kunlarda umumta’lim maktablarida tegişli til sertifikatiga ega bölmagan xorijiy til fani öqituvçilarining keyingi mehnat faoliyati bilan boğliq masala jamoatçilik e’tiborida turibdi.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi tegişli qaroriga muvofiq, umumiy örta ta’lim muassasalarida xorijiy til öqituvçilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglaştirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bölişi talab etiladi. Dastlab 2024–2025 öquv yiliga qadar belgilangan uşbu talab muddati pedagoglar va jamoatçilik murojaatlari asosida bir neça bor uzaytirib kelingan.

Şu bilan birga, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirining tegişli buyruği bilan xorijiy til fani öqituvçilarining lavozim malaka tavsiflariga B2 darajadagi sertifikat talabi asosiy şart sifatida kiritilgani ta’kidlandi.

Vazirlik ma’lumotiga köra, sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik körişda kömaklaşiş maqsadida joylarda malakali mutaxassislar iştirokida bepul onlayn va oflayn öquv maşğulotlari taşkil etilgan. Uşbu çoralar natijasida 2025 yilning sentabr–dekabr oylari davomida 5 ming nafardan ortiq pedagog tegişli til sertifikatlarini qölga kiritgani qayd etildi. Hozirda esa 39 ming nafardan ortiq xorijiy til öqituvçilari sertifikatga ega ekani bildirilgan.

Qayd etilişiça, mazkur öquv maşğulotlari keyingi davrda ham davom ettiriladi. Şuningdek, B2 darajadagi milliy yoki unga tenglaştirilgan xalqaro sertifikatga ega bölmagan pedagoglarga 2026–2027 öquv yili boşlanguniga qadar imkoniyat berilişi ma’lum qilindi.

Vazirlik bu kabi çoralar öquvçilarning sifatli va çuqur bilim olişlarini ta’minlaş, şuningdek, ularning kelgusida zamonaviy kasblarni egallaşlari uçun muhim ekanini ta’kidladi.