Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi bog‘cha tarbiyachilari va psixologlar ham kasbiy sertifikatdan o‘tadi
2026 yildan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan stajyor-tarbiyachilar va bog‘cha psixologlari ham majburiy kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tadi. Bir yillik ish muddati yakunlangach, faqat sertifikat olgan yoki attestatsiyada yetarli natija ko‘rsatgan pedagoglar bilan doimiy mehnat shartnomasi tuziladi.
Foto: talimxabarlari.uz
2026 yildan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotlarida birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-tarbiyachilar va bog‘cha psixologlari ham kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 noyabrdagi 740-son qarori bilan kasbiy sertifikatlash tartibiga kiritilgan o‘zgarishlarda nazarda tutilgan.
Qarorga muvofiq, stajyor-tarbiyachilar hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologlari bir yil muddatga ishga qabul qilinadi. Mazkur muddat yakunlangandan so‘ng kasbiy sertifikat olgan yoki navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlangan darajadagi ko‘rsatkichga erishgan pedagoglar bilan belgilangan tartibda doimiy ravishda o‘qituvchi yoki psixolog-tarbiyachi sifatida mehnat shartnomasi tuziladi.
Ushbu o‘zgarishlar bog‘chalarda ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish, bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarning kasbiy darajasiga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
15:20 / 14.03.2026
Bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlashdan ixtiyoriy tarzda o‘tishi mumkin
22:24 / 01.03.2026
O‘qituvchilarning amaldagi sertifikatlari muddati tugamagunicha malaka toifasi tushirilmaydi – vazirlik
12:38 / 13.02.2026
Toshkentda sertifikatsiz dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
12:25 / 11.02.2026