O‘zbekistonda Lada va Renault avtomobillarini yig‘ishni boshlash rejalashtirilmoqda
«Avtovaz» yaqin 12 oy ichida O‘zbekistonda Lada va Renault avtomobillarini yig‘ishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya prezidenti Nikolya Mor jurnalistlar bilan uchrashuvda ma'lum qilgan.
«O‘zbekiston bozorida mavjudligimizni rivojlantirishning oqilona usuli – bu mashina to‘plamlarini o‘sha yerda yig‘ishni boshlashimizdir. Biz yaqin12 oy ichida dastlab Lada keyinroq esa Renault rusumli avtomashinalarni yig‘ishni rejalashtiryapmiz», deya ta'kidlagan Nikolya Mor.
Nikolya Mor UzAvto ishtiroki sababli «Avtovaz» mahalliy bozorda katta o‘rinni egallay olmasligini ta'kidlab o‘tgan.
Shu bilan birga, kompaniyaning mashina eksporti manfaatlariga Afrika va Yaqin Sharq mintaqasi ham kiradi.
Ma'lumot uchun, 2020 yil yakunlariga ko‘ra, «Avtovaz» 41 ming dona Lada rusumidagi avtomobillarni xorijga eksport qilgan. Bu 2019 yilga nisbatan 19 foizga kamroq. Shuningdek, o‘tgan yilda Rossiyaning o‘zida ham kompaniyaning sotuvi 5 foizga kamayib, 343,5 ming avtomobilni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
07:41 / 18.07.2024
Toshkentda Lada Largus yonib ketdi
18:56 / 10.10.2022
Renault bir o‘rindiqli Mobilize Solo elektromobilini namoyish etdi
20:25 / 29.07.2022
Renault Rossiyani tark etishi natijasida ko‘rgan zararini 2,3 mlrd yevro deb baholadi
17:01 / 11.02.2022