Toşkent şahrining Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy köçasida 17 iyul kuni soat 19:15 larda Lada Largus avtomaşinasi yonib ketdi.
Toşkent şahar IIBB YHXB xabariga köra, yonğin qisqa tutaşuv sodir bölganligi oqibatida kelib çiqqan. Tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yonğin natijasida tan jarohati olganlar bölmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan suriştiruv olib borilib, yonğin yuzaga kelişining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.












