Renault Rossiyani tark etishi natijasida ko‘rgan zararini 2,3 mlrd yevro deb baholadi
Renault mart oyida Rossiyadagi ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatgandi.

Foto: Getty Images
Fransiyaning Renault kompaniyasi 2022 yilning birinchi yarmida 1,36 mlrd yevro sof zarar ko‘rdi, deyiladi kompaniya hisobotida.
Natija kutilganidan ham yomonroq bo‘ldi, deb yozadi Bloomberg. Renault Rossiya bozoridan ketishini zarar ko‘rishining asosiy sababi sifatida ko‘rsatgan. Qayd etilishicha, kompaniya buning oqibatida 2,3 mlrd yevro zarar ko‘rgan.
«Rossiyadagi faoliyat to‘xtatilishi bilan bog‘liq barcha noxush omillar, yarimo‘tkazgichlar inqirozi va xarajatlar inflatsiyasiga qaramasdan, kompaniya operatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilashda davom etmoqda», — dedi kompaniya rahbari Luka de Meo.
Renault mart oyida Rossiyadagi ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatgandi. May oyida kompaniyaning Rossiyadagi aktivlari davlat tasarrufiga o‘tishi ma’lum bo‘ldi: «Reno Rossiya» YoAJning 100 foiz aksiyalari Moskva hukumatiga, «Avtovaz»ning 67,69 foiz aksiyalari «NAMI»ga, qolgan aksiyalar esa «Rostex»ga.
Rossiya bozorini tark etganidan so‘ng birinchi yarim yillikda Renault sotuv hajmi 30 foizga tushib ketdi, deb ma’lum qilgandi kompaniya iyul oyi boshida.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amerikalik sobiq kongressmen Jorj Santos firibgarlik uchun yetti yilga qamaldi
Jahon | 01:32
-
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin
Jahon | 00:41
-
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi
Jahon | 23:42 / 25.04.2025
-
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi
Jamiyat | 23:22 / 25.04.2025
Mavzuga oid

19:49 / 25.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

13:33 / 25.04.2025
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi

09:59 / 25.04.2025
Ukraina AQSh yordamining to‘xtatilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

08:43 / 25.04.2025