Renault Group kompaniyasi Mobilize savdo belgisi ostida bir örindiqli Solo Concept prototipini taqdim qildi, u tijorat elektromobillari va karşering uçun möljallangan.
Yangilik Renault kompaniyasining Hindiston bölimi tomonidan işlab çiqilgan uç ğildirakli elektromobil bölib, haydovçi uni yarim ötirgan holatda joystik yordamida boşqaradi.
Salonga çap tomondagi eşik orqali kiriladi. Elektromobil xavfsizlik yostiqçasi bilan jihozlangan va tezligi 25 km/s bilan çegaralangan, bu esa dubulğa kiymagan holda xavfsiz harakatlanişga imkon beradi. Şuningdek, uni boşqariş uçun haydovçilik guvohnomasi ham şartmas.
Solo Concept elektromobili an’anaviy tarzda sim orqali, şuningdek, simsiz quvvatlanişi ham mumkin. Bunda bitta Solo Concept elektr tarmoğiga sim orqali ulangan bölişi va ikkinçisiga simsiz quvvat beriş vazifasini bajarişi mumkin. Bundan taşqari, elektromobil batareyasini yeçib oliş va zaryadlaş uçun olib ketiş ham közda tutilgan.
Mobilize Solo konsepsiyasi bilan birgalikda Mobilize Ileo Concept — quvvatlantiriş böyiça şahar infratuzilmasi loyihasi ham taqdim etildi. Unda elektromobillarni quvvatlantiriş uçun terminal, quvvatlovçi qurilmaga ega velosiped va skuterlar uçun töxtaş joyi va odamlar dam oladigan örindiq, stol va ekranli modul bor. Barça elementlarni alohida örnatib, köça infratuzilmasini yaratiş mumkin.
Mobilize Solo va Mobilize Ileo seriyali işlab çiqariş uçun möljallanmagan, biroq individual dizayn va texnik yeçimlar brendning kelajakdagi mahsulotlarida öz ifodasini topişi mumkin.











