Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklardan aholiga beriladigan kredit foizlari oshdimi?
SAVOL: Yaqin kunlarda bank tomonidan aholiga beriladigan 9 foizlik kredit 14 foiziga aylangani to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deb eshitdim. Shu munosabat bilan tumandagi bank filiallari kredit berishni noma'lum muddatga to‘xtatgan. Bu muddat qachongacha davom etadi.?
Jayrona Orifjon qizi Zoirova.
JAVOB: Joriy yilning 28 iyunidan boshlab narx-navoga monetar faktorlarning ta'sirini kamaytirish va inflyatsiyani jilovlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qayta moliyalash stavkasi 9% dan 14% ga ko‘tarildi.
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining oshirilishi tijorat banklarining kredit stavkalari va depozitlari foizining o‘zgarishiga ta'sir qiladi.
Ta'kidlash lozimki, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildirlar va bank operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori banklar tomonidan mustaqil belgilanadi.
Shuningdek, mazkur Qonunning 31-moddasiga asosan banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Shu o‘rinda, tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishi bankning ichki kredit siyosati hamda moliyaviy holatidan kelib chiqib amalga oshirilishi bildiriladi
Savolga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik boshqarmasi bosh yuriskonsulti S.Otaxonov javob berdi
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
15:32 / 16.02.2026
Freeze xizmati nima va uni qanday yoqish mumkin?
09:30 / 14.02.2026
Markaziy bank qo‘mitasi: 4 to‘lov tashkiloti ogohlantirildi, 8 ta tashkilotga jarima
16:42 / 05.02.2026
Islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid qonun Senatda ma’qullandi
13:20 / 29.01.2026