Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Ukrainaga kartoshka eksport qilishni boshladi
Foto: Kirill Kuxmar/TASS
O‘zbekiston Ukrainaga ertapishar kartoshkaning ulgurji partiyalarini eksport qila boshladi. Bundan EastFruit portali ma'lumotlari darak beryapti.
Ushbu mahsulotning ulgurji narxi bir kilogramm uchun 15-17 grivna (bir kilogrammga 57-64 sent) bo‘lib, u yaxshi sifatga ega. Biroq, bozor ishtirokchilarining ta'kidlashicha, o‘zbek kartoshkalari hozirda juda qiyinchilik bilan sotilmoqda, sababi Ukraina erta kartoshkasi bo‘yicha takliflar raqobatbardosh narxlarda tobora ko‘payib boryapti.
Bundan tashqari, Ukraina ertapishar mahsulotining sifati o‘zbek kartoshkasiga qaraganda yuqoriroq, chunki Ukraina kartoshkasi yig‘ib olinganidan so‘ng darhol xaridorlarga yetkazib beriladi.
EastFruit ekspertlarining qayd etishicha, Ukraina bundan avval o‘zbek kartoshkasini hech qachon import qilmagan, sababi O‘zbekistonning o‘zi kartoshka asosiy importchisi sanaladi. O‘zbekistonda yiliga 150-300 ming tonnagacha kartoshka import qilib, dunyodagi eng yirik importyorlarning yigirmataligiga kiradi.
Ukraina va YeIda piyoz bo‘yicha kuzatilayotgan katta taqchillik O‘zbekistondan kartoshka olib kirishni boshlashga turtki berdi. Mamlakat Markaziy Osiyodan piyoz olib kirishni yo‘lga qo‘ydi: Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan Ukrainaga.
Mavzuga oid
19:16 / 20.01.2026
Ukraina bo‘ylab yangi zarbalar: Kiyevda yana 6 mingta ko‘p qavatli uy issiqliksiz qoldi
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026