Ikkinçi jahon uruşi tugaşi bilan Şarqiy Yevropada joylaşgan Polşa, Vengriya, Çexoslovakiya, Ruminiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Albaniya hamda Şarqiy Germaniyada SSSR tomonidan kommunistik partiyalar tuzilib, hokimiyat egallanadi. Şu tariqa ular Moskva ta’siri ostiga tuşib qolişadi.

Öşa paytda Şarqiy Yevropa xalqlari kelajakda özlarini nimalar kutayotganini, sovetlar boşlariga qanday kulfatlar solişini bilişmasdi.

Tez orada ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan kommunistik tuzum ularga öz zulmini ötkaza boşlaydi. Şundan söng SSSRga vassal bölgan kommunistik tuzumlarga qarşi bir qança namoyişlar bölib ötadi.

Jumladan, 1953 yil 3 may kuni Bolgariyadagi tamakini qayta işlaş korxonasida, öşa yili 31 may 2 iyun oraliğida Çexoslovakiyadagi bir neçta korxonalarda, 15-18 iyun kunlarida GDRda işçilar maoşlar kamligi, mehnat şaroiti yomonligi bahonasida kommunistik tuzumga qarşi namoyişlar ötkazişadi. Bu namoyişlarning barçasi ayovsiz tarzda bostiriladi.

1956 yil iyun oyida endi Poznan şahri aholisi kommunistik tuzumga qarşi namoyişlar boşlaydi. SSSR ta’siri ostida yaşaşni xohlamagan poznanliklar Polşada kommunistik tuzum yakkahokimligiga çek qöyişni talab qilib çiqişadi. Namoyiş sovet rahbariyatiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan hukumat buyruği bilan Polşa harbiylari tomonidan bostiriladi.

Öşanda SSSRda polyaklarning bu namoyişi «imperialistlar tarafdorlari va amerika dollariga sotilganlar tomonidan Polşada kommunistik tuzumga qarşi uyuştirilgan tartibsizliklar» deb talqin qilinadi. Poznandagi namoyişlar sotsialistik lagerda kommunistik tuzumga qarşi ötkazilgan birinçi yirik xalq noroziligi edi.

Poznandagi namoyişga sabab bölgan hodisalar

Uruşdan söng SSSR ta’siriga tuşib qolgan Polşaning birinçi prezidenti Boleslav Berut Stalin tuzumini yomon körib qolgandi. Şuningdek, öşa davrda Polşa hukumati raisi bölgan Yuzef Tsirenkeviç ham zöravon Stalin tuzumini unça yoqtirmagan.

Oqibatda, SSSR rahbarlari Stalin vafot etguniça Polşani «qonli qamçi» yordamida qattiq nazoratda uşlaşga majbur bölişadi va köplab odamlar nohaq qatağon qilinadi. Bu Polşa aholisida kommunistik tuzumga qarşi kayfiyatning kuçayişiga sabab böladi.

1953 yil 5 mart kuni Stalin vafot etadi. Şundan söng uning davrida qatağonga uçragan şaxslarga tegişli jinoyat işlari qayta körila boşlanadi.