KGB zobiti, öz vaqtida general-mayor unvoniga ega bölgan Dmitriy Polyakov 25 yil davomida AQŞ razvedkasiga qariyb 25 quti hajmdagi maxfiy hujjatlar va KGBning minglab xodimlari haqidagi ma’lumotlarni yetkazib beradi. U nima uçun bu işga qöl urgan?

Xorijiy razvedka xizmatlari bilan boğlangan va öz mamlakatiga xiyonat qilganlar orasida SSSR Razvedka boş boşqarmasi zobiti Dmitriy Polyakov ajralib turadi. U 25 yil davomida MRB foydasiga işlagan va turli darajadagi ma’lumotlarni yetkazib turgan. Dmitriy Polyakov kim edi va nima uçun bu işga qöl urgan?

Dmitriy Fedoroviç Polyakov 1921 yilda Ukrainada tuğilgan. 1939 yilda örta maktabni tugatib, artilleriya bilim yurtiga öqişga kiradi. Faşistlarga qarşi uruşda qatnaşib, Qizil yulduz ordeni bilan taqdirlanadi. Harbiy harakatlar tugaganidan söng u ta’lim olişni davom ettiradi va keyingi yillarda Frunze akademiyasi va Boş ştab kurslarini tamomlaydi. Şundan söng boşqa bitiruvçilardan farqli ravişda arxivga emas, balki Boş razvedka boşqarmasiga işga yuboriladi.

Kareraning boşlanişi

1951 yilda yoş josus birinçi yönalişni oladi va darhol Nyu-Yorkka boradi. Harbiy razvedkaçi beş yil davomida diplomatik niqob ostida xizmat qiladi va uning faoliyati rahbarlarni hayratda qoldiradi. Dastlabki yillarda Polyakov AQŞning Avstraliya, Koreya, Yaponiyadagi harbiy bazalari, Qöşma Ştatlarning havo hujumiga qarşi kuraşiş tizimi, MRBning markaziy Yevropada faoliyat körsatayotgan xodimlari haqidagi ma’lumotlarni töplab Moskvaga yetkazadi.

1959 yilda uç yillik tanaffus va kontrrazvedka tekşiruvlaridan söng Polyakov yana Qöşma Ştatlarga işlaş uçun qaytadi, bu paytda u allaqaçon polkovnik unvonini olgan va noqonuniy işlar böyiça rezident örinbosari lavozimiga kötarilgandi. 1960 yilgaça BMTdagi SSSR vakolatxonasida işlaydi. Polyakovning asosiy vazifasi — dunyoning barça burçaklaridagi AQŞ qurolli kuçlari holati haqidagi juda muhim ma’lumotlarni SSSR xavfsizlik idoralarining AQŞda yaşirin faoliyat olib borayotgan xodimlaridan töplab, ularni muvofiqlaştiriş bölgan.

KGBga xiyonat

AQŞdagi faoliyati davrida Polyakov öğil farzand köradi va oradan uç oy ötgaç bola oğir kasallikka çalinadi. Jarrohlik amaliyotini ötkazişga 400 dollar zarur edi, ammo bu paytda Polyakovda bunça miqdordagi pul mavjud bölmagani sabab GRUning AQŞdagi rezidenti Şkalyarovdan pul söraşga majbur böladi. U esa Moskva ruxsat bermadi, degan vaj bilan pul berişdan boş tortadi. Natijada Polyakovning öğli vafot etadi.