Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imron Xon: “Muloqotimiz oxiriga borib o‘zbek tilini tushuna boshladim”
Pokiston bosh vaziri, shuningdek, O‘zbekistonda kriketni ommalashtirishda yordam berishi mumkinligini ham qo‘shimcha qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xon Ko‘ksaroyda hujjatlar almashinuvi marosimidan so‘ng delegatsiya va OAV vakillari qarshisida uchrashuv natijalari to‘g‘risida ma'lumotlar berdilar.
Pokiston bosh vaziri Imron Xon o‘zaro muzokaralarda qator sohalarda jiddiy yutuqlarga erishilganini ta'kidladi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“Avvalo, samimiy ehtirom va mehmondo‘stlik uchun o‘zim va 130 kishilik delegatsiyamiz nomidan minnatdorlik bildiraman. Bu mening O‘zbekistonga birinchi tashrifim, inshaalloh, oxirgisi bo‘lmaydi.
O‘zbekiston va Pokistonni bog‘lovchi qator tarixiy jihatlar bor. 1966 yildagi tinchlik muzokaralari ham aynan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda men o‘smir yoshda edim. Qolaversa, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarni ziyorat qilishni bolaligimdan orzu qilganman.
Prezident do‘stim Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatimiz uzoq davom etganidan, muloqotimiz oxiriga borib men u janob so‘zlayotgan so‘zlarni tushuna boshladim. Chunki urdu va o‘zbek tillari bir-biriga yaqin. Yana ko‘proq muloqot qilsak, tarjimonga hojat qolmas ekan.
Bugungi kunda Pokiston va O‘zbekistonda aholining quyi qatlamlariga e'tibor qaratish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamohang. Siz bilan biz “Naya Pakiston” va Yangi O‘zbekistonni quryapmiz.
Hamkorligimiz rivojlana borsa, men O‘zbekistonda kriketni ommalashtirishda yordam berishga tayyorman”, – dedi Pokiston yetakchisi.

Bunga javoban prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda kriket federatsiyasi ro‘yxatga olingani, bir necha ming o‘zbekistonlik yoshlar bu sport bilan muntazam shug‘ullanayotganini aytib o‘tdi.
Ma'lumot uchun, Pokiston bosh vaziri Imron Xon yoshligidan kriket sport turi bilan professional tarzda shug‘ullanib keladi.
Mavzuga oid
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
23:37 / 20.04.2026
«Forscha shaxmat Trampga og‘irlik qilyapti» – muzokaralarda mujmallik hukmron
14:24 / 08.04.2026
O‘zbekiston AQSh va Eron o‘rtasida tuzilgan sulhni olqishladi
06:22 / 08.04.2026