AQŞ prezidenti Donald Tramp Qöşma Ştatlar Hörmuz böğozi zudlik bilan oçilişi şarti bilan Eronni bombardimon qilişni ikki haftaga töxtatişini ma’lum qildi.
Tramp Truth ijtimoiy tarmoğida sulh ikki tomonlama bölişini qayd etgan.
«Men Eronga hujum qilişni ikki hafta muddatga töxtatib turişga roziman.
Bu ikki tomonlama sulh böladi!
Buning sababi şundaki, biz barça harbiy maqsadlarga allaqaçon erişdik va ularni ortiği bilan bajardik. Eron bilan uzoq muddatli tinçlik kelişuviga juda yaqinmiz.
Biz Erondan ön banddan iborat taklif oldik va uni muzokaralar uçun amaliy asos deb hisoblaymiz», – deya yozgan Tramp.
Eron hukumati sulhga roziligini tasdiqlagan. Tehronning rasmiy bayonotida mamlakat «ulkan ğalabaga erişgani va jinoyatçi Amerikani özining önta banddan iborat rejasini qabul qilişga majbur qilgani» aytilgan.
Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi alohida xabarida ikki hafta mobaynida savdo kemalari öz harakatlarini eronlik harbiylar bilan muvofiqlaştirgan holda Hörmuz böğozidan ötişi mumkinligini tasdiqlagan. Keyinroq Tramp Truth ijtimoiy tarmoğida uşbu xabardan skrinşotni e’lon qilgan.
Eron davlat naşrlari yozişiça, AQŞ bilan töğridan töğri muzokaralar 10 aprel kuni Pokistonda boşlanadi. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt AQŞ bunday imkoniyatni muhokama qilayotganini tasdiqlagan, ammo bu borada Trampning rasmiy bayonotini kutiş kerakligini qayd etgan.
The New York Times eronlik rasmiylar orasidagi manbalariga tayanib, Tehron «Pokistonning jon holatdagi diplomatik urinişlari» va sönggi daqiqada Eronni «moslaşuvçanlik körsatişga» çaqirgan Xitoyning aralaşuvi bilan öt oçişni töxtatiş böyiça taklifni qabul qilgani haqida yozgan.
CNN naşri Isroil ham ikki haftalik sulhga qöşilişini ma’lum qilgan.
Sulh aynan qaçon kuçga kirişi hozirça aniq emas. Donald Trampning bayonotidan keyin Isroil va Birlaşgan Arab Amirliklari Erondan navbatdagi raketa va dronlar uçib kelgani haqida xabar bergan.


















