Özbekiston Pokiston rahbariyati vositaçiligida Yaqin Şarqda öt oçişni töliq töxtatiş va sulh örnatilişi e’lon qilinganini olqişlaydi, deb xabar bermoqda mamlakat TIV.

«Mazkur sa’y-harakatlarni keskinlikni yumşatiş, siyosiy-diplomatik muloqot va özaro maqbul yeçimlarni topiş uçun şaroit yaratiş yölidagi muhim qadam deb hisoblaymiz», – deyiladi bayonotda.

Öz navbatida, Özbekiston «barça tomonlarni vazmin bölişga, vaziyatning yana keskinlaşuviga olib kelişi mumkin bölgan harakatlardan tiyilişga, şuningdek, tinçlik va barqarorlikka erişiş maqsadida konstruktiv hamkorlikni davom ettirişga» çaqirdi.

Qayd etilişiça, «Özbekiston mojarolarni faqat tinç yöl bilan, BMT nizomi tamoyillariga muvofiq qat’iy ravişda hal etiş zarurligi töğrisidagi özgarmas pozitsiyasini tasdiqlaydi».

  • 8 aprelga ötar keçasi AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan ikki haftalik sulh tuzilganini e’lon qildi. U Eron tomoni Hörmuz böğozini zudlik bilan oçişga rozi bölganini aytgan. Öz navbatida, Tehrondagilar sulhga roziligini rasman tasdiqladi va mamlakat «buyuk ğalabaga erişgani» hamda «jinoyatçi AQŞni özining 10 bandlik rejasini qabul qilişga majbur etganini» e’lon qildi.