Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azoda ocharchilikdan ozib ketgan ayol Italiyada vafot etdi
O‘ta holdan toygan ayol davolanish uchun evakuatsiya qilingandi.
Andrea Fasani/ EPA
20 yoshli Mara Abu Zuhri Italiya hukumati tomonidan tashkil etilgan dastur doirasida chorshanba kuni tungi reysda onasi bilan birga Pizaga yetib kelgandi.
Piza universiteti kasalxonasi xabar berishicha, unda yurak xuruji qayd etilgan va juma kuni – kelganidan 48 soat o‘tmay vafot etgan.
Shifoxona ma’lumotlariga ko‘ra, unda vazn va mushak massasini keskin yo‘qotish qayd etilgan. Italiya axborot agentliklari xabar berishicha, u to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekkan.
BMT G‘azoda keng ko‘lamli ocharchilik haqida ogohlantirmoqda. O‘tgan oy tashkilot tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi ekspertlar hisobotida G‘azoda ocharchilikning «eng yomon ssenariysi» amalga oshirilayotgani aytilgandi.
Isroil hukumati esa G‘azoda ocharchilik bo‘layotganini rad etib, BMT agentliklarini chegaralardan insonparvarlik yordamini olib ketmaslik va aholiga yetkazib bermaslikda ayblamoqda.
Isroilning G‘azo bilan urushi boshlanganidan beri Italiyaga 180 dan ortiq bolalar va kattalar olib kelingan.
Ushbu haftada 31 nafar bemor va ularning hamrohlari Rim, Milan va Pizaga yetib borgan. Ularning barchasi og‘ir tug‘ma kasalliklar, jarohatlar yoki amputatsiyalardan aziyat chekmoqda, deya xabar berdi Italiya tashqi ishlar vazirligi.
Shu bilan birga, Britaniya parlamenti a’zolari hukumatni G‘azodagi bemor va yarador bolalarni zudlik bilan Buyuk Britaniyaga evakuatsiya qilishga chaqirdi – bu bosh vazir Kir Starmer bunday dasturni yaratishga va’da berganidan bir necha hafta o‘tgach ro‘y berdi.
Buyuk Britaniya ichki ishlar vazirligi G‘azodan bir necha yuzlab bolalarni «tezlashtirilgan tartibda» evakuatsiya qilish niyatida ekani, bolalar va ularni kuzatib boruvchilar mamlakatga kirishdan oldin biometrik tekshiruvlardan o‘tishi kerakligini ma’lum qildi.
Isroil hukumati yakshanba kunidan boshlab G‘azo shahri aholisini «xavfsiz hududlar»ga ko‘chirishdan oldin chodirlar va boshqa jihozlar bilan ta’minlashni boshlashini ma’lum qildi.
Bu bayonot Isroil hukumati G‘azo shahriga qo‘shin kiritganini e’lon qilganidan bir necha kun o‘tib yangradi. O‘tgan vaqt ichida esa shahardagi eng katta Zaytun tumani kuchli bombardimon qilindi.
Munitsipalitet vakilining BBC’ga ma’lum qilishicha, Zaytundagi vaziyat «halokatli» – olti kun davom etgan uzluksiz havo hujumlari, artilleriya zarbalari va binolar vayron qilinishidan keyin aholi ommaviy ko‘chishga majbur bo‘lmoqda.
G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shanba kuni Isroil zarbalari oqibatida kamida 36 kishi halok bo‘lgan.
Shuningdek, yana 11 kishi to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida vafot etgani aytilmoqda.
Isroil harbiylari «tinch aholi orasida zararni minimallashtirish prinsipiga sodiqligi»ni aytadi va qurbonlar haqida Hamas nazorati ostidagi tuzilmalar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ishonchliligini shubha ostiga qo‘yadi.
Isroil hukumati G‘azodagi ocharchilikni rad etmoqda. U o‘z kuchlari tinch aholiga emas, faqat terrorchilarga zarba berayotganini da’vo qilmoqda va gumanitar inqiroz uchun javobgarlikni Hamas zimmasiga yuklamoqda.
Mavzuga oid
21:51 / 26.12.2025
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib Somalilend mustaqilligini tan oldi
20:52 / 25.12.2025
Falastinni parchalash: G‘arbiy sohil xaritasi qanday o‘zgaryapti?
19:47 / 25.12.2025
Belgiya Isroilga qarshi genotsid ishi bo‘yicha xalqaro sudda ochilgan da’voga qo‘shildi
09:24 / 23.12.2025