Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaypanning mazali muzqaymoqlari
O‘zbekiston tumani Do‘stlarobod qo‘rg‘onidagi korxonalardan birida muzqaymoq ishlab chiqariladi. Mazkur O‘zbekiston-Bolgariya qo‘shma korxonasida ayni paytda muzqaymoqdan tashqari sut mahsulotlari ham tayyorlanib, kungaboqar pistasi ham qadoqlanadi.

Tadbirkor Azizxon Alijonov boshchiligidagi korxonada ayni paytda 30 nafardan ortiq xodim faoliyat ko‘rsatmoqda ekan. E'tiborlisi, korxonada 20 xil muzqaymoqlar tayyorlanib, Farg‘ona viloyati hududlari bo‘yicha iste'molchilarga yetkazib berilmoqda. 16 xildan ortiq sut mahsulotlari, 5 xil qadoqlangan kungaboqar pistasi ham xalq dasturxoniga tortiq qilinmoqda.

Korxonaning savdo bo‘limi xodimi Sanjarbek Abdurahmonovning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, korxona 2016 yilda tashkil topgan bo‘lib, bu yerda Avstriya texnologiyasi asosida muzqaymoqlar ishlab chiqariladi. Muzqaymoqning kunlik ishlab chiqarish imkoniyati 8 tonnani tashkil qilib, hozirda korxonada 3 tonna muzqaymoq mahsulotlari tayyor holga keltirilmoqda.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan sut mahsulotlari esa vodiy tumanlari bo‘ylab yetkazib beriladi.
Mavzuga oid
17:53 / 01.01.2026
Farg‘onada qo‘lbola salyut otganlar javobgarlikka tortildi
14:45 / 28.11.2025
Farg‘onada 1,5 mlrd so‘mlik hujjatsiz dori savdosi fosh etildi
19:18 / 18.08.2025
Sanepidqo‘mita o‘limga olib keluvchi muzqaymoq haqidagi xabarga ishonmaslikka chaqirdi
19:58 / 21.05.2025