31 dekabr kuni internetda 10-15 kişi qölbola usulda yasalgan pirotexnika vositalarini otib bayram nişonlagani aks etgan video tarqaldi.
Farğona viloyati IIB xabariga köra, Özbekiston tuman IIB tomonidan olib borilgan tezkor suriştiruv işlari davomida uşbu harakatlarni sodir qilgan şaxslar aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 185¹-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Farğona viloyat IIB, şuningdek, Qöqondan tarqalgan videolarga munosabat bildirib, şaharda ommaviy tartibsizlik bölmaganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanişiça, 31 dekabr kuni soat 23:55da Qöqon şahar A.Çarxiy köçasida odamlar Yangi yilni nişonlaş maqsadida yölning qatnov qismiga çiqib, muşakbozlik uyuştirmoqçi bölgan.

“Öz vaqtida körilgan çora tadbirlar natijasida jamoat tartibi, xarakat xavfsizligi ta’minlangan va huquqbuzarlarning şaxsi aniqlanib, tegişli tartibda hujjatlar rasmiylaştirildi.
Biroq tarqalgan xabarlardagi kabi avtomaşina yoqib yuborilganligi holati sodir bölmagan va bu haqiqatga töğri kelmaydi”, – deyiladi rasmiy axborotda.

















