Ma’lum qilinişiça, fuqaro tadbirkor sifatida rasman davlat röyxatidan ötmasdan, Farğona viloyatining Özbekiston tumanida joylaşgan öziga qaraşli notöğri maqsadda foydalanilayotgan noturar binoda tegişli ruxsat va hujjatlarsiz tibbiy dori vositalarini çakana sotib kelgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda Bojxona qömitasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida uşbu manzil közdan keçirildi.

Tekşiruv natijasida binoda jami 66 turdagi 41 319 dona dori vositalari borligi aniqlandi, şulardan 56 turdagi 36 361 dona dori vositasining muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi ma’lum böldi, dori vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd 565 mln söm etib baholandi.

Dorilar tegişli şaroitlar talablariga töla javob bermaydigan holda saqlangani ham qayd etilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 186³-moddasi 3-qismi “a” bandi (sifat talablariga javob bermaydigan yoki belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilmagan dori vositalari bilan noqonuniy muomala) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.