Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Play va App Store daromadlari 40 foizga o‘sdi
Foto: Getty Images
Google Play va App Store ilovalaridan tushgan daromad 2016 yilda 40 foizga o‘sdi. Bu haqida App Annie tahlil kompaniyasi hisobotida xabar berildi.
O‘tgan yili Google Play va App Store ilovalar sotuvidan 35 milliard dollar ishlab olgandi. Bir yilda jami 90 milliard ilova yuklangan, bu 2015 yilga nisbatan 15 foizga ko‘p demakdir. Google Play va iOS'da ushbu ko‘rsatkich 13 milliardga oshgan. Yuklamalar soni bo‘yicha yetakchilik avvalgidek Google Play'ga tegishli, biroq App Annie'da ta'kidlanishicha, App Store o‘sish sur'atlarini oshirishda davom etmoqda.
Foydalanuvchilarning ilovalarda o‘tkazgan vaqti 2016 yilda 25 foizga ko‘paygan va 900 milliard soatni tashkil qilgan. Gap Android-smartfonlarda o‘tkazilgan vaqt haqida bormoqda, Xitoy bundan mustasno. Har bir Android-foydalanuvchi 2016 yilda kuniga o‘rtacha ikki soat vaqtini ilovalarda o‘tkazgan.
iOS platformasidan yuklash bo‘yicha yetakchilikni Xitoy qo‘lga kiritdi, Android orqali esa - Hindiston, mamlakat bu borada AQSh va Braziliyani ortda qoldirdi. App Store ilovalaridan daromad olish darajasi bo‘yicha yetakchilik ham Xatoyga nasib etdi, Google Play ilovalaridan tushuvchi daromadlar borasida esa Yaponiya birinchi bo‘ldi.
Mavzuga oid
23:10 / 26.08.2025
2026 yildan boshlab Android noma’lum dasturchilarning ilovalarini bloklaydi
01:40 / 01.05.2025
Google Play’dan 1,6 mln ilova o‘chirib tashlandi
16:50 / 05.01.2020
Android uchun yangi ilovalar: dekabr oyining eng yaxshilari
14:11 / 14.03.2019