Google Play’dagi 200dan ortiq ilovada zararli dasturiy ta'minot borligi aniqlandi, deyiladi Check Point Research tadqiqot kompaniyasi xabarida.

"Reklamali zararli dasturiy ta'minotning alohida turi 206 ilovada topildi, ular qariyb 150 million marta köçirilgan. Zararli ilovalar Google Play magazinidan zudlik bilan öçirib yuborildi", - deyiladi xabarda.

Check Point ekspertlari bu zararli dasturni SimBad deb nomlaşdi. U zararlangan ilova örnatilgan smartfonda reklamalar namoyiş etadi, login va parollarni öğirlaydi hamda rasmiy muassasa va ijtimoiy tarmoqlar nomidan smartfon egasiga xabarlar jönatadi.

Mazkur dastur Google Play va 9Apps magazinlarini ham oçib, öçirib taşlangan ilovani qayta örnata ham oladi.