Google Play platformasi 2024 yildan beri köplab mobil ilovalarni öçirib taşladi. TechCrunch portal ma’lumotlariga köra, Google dökonidagi ilovalar soni 3,4 milliondan 1,8 milliongaça qisqargan. Bu Google Play katalogi qariyb ikki barobarga — 47 foizga qisqarganini anglatadi.
Qayd etilişiça, bunday keskin qisqariş mobil ilovalar bozoriga ta’sir körsatmaydi. Taqqoslaş uçun, xuddi şu davrda App Store’dagi ilovalar soni biroz oşgan 1,6 milliondan 1,64 milliongaça. Google ekotizimi uşbu özgarişlarni ijobiy baholamoqda.
Ta’kidlanişiça, foydalanuvçilar endi firibgarlik sxemalari, spamlar va sifatsiz kontentga kamroq duç kelyapti. Vijdonli işlab çiquvçilar esa öz navbatida, raqobatning adolatli şartlaridan foydalanmoqda.
Google Play uzoq yillar davomida ilovalarni onlayn dökonga joylaştirişdan oldin App Store kabi jiddiy teşiruvdan ötkazmas va tezkorlikni ta’minlaş uçun zararli kodlarni skanerlamas edi. Bu esa dökonda past sifatli mahsulotlar soni ortib ketişiga olib keldi. Apple esa aksinça, doim tekşiruvlar yaxşiroq amalga oşirilişini qöllab-quvvatlagan.
Vaziyat 2024 yil iyulda, Google ilovalar sifatiga belgilangan mavjud minimal talablar oşirilganini e’lon qilganidan keyin özgardi. Endi nafaqat yaxşi işlamaydigan nosoz ilovalar, balki funksionalligi çeklangan loyihalar ham onlayn dökonga joylaştirilmaydi.













