Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yildan boshlab Android noma’lum dasturchilarning ilovalarini bloklaydi
Chora bosqichma-bosqich barcha mamlakatlar uchun joriy etiladi.
Foto: Getty images
Google kompaniyasi Android foydalanuvchilarini himoya qilish bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi. 9To5Google insayderlariga ko‘ra, endi noma’lum ishlab chiquvchilarning (tasdiqlanmagan) ilovalarini o‘rnatib bo‘lmaydi. Bu nafaqat Google Play, balki boshqa ilova do‘konlari va oddiy usulda yuklab olinadigan apk fayllariga ham tegishli.
Google ilova ishlab chiquvchilarning tekshiruvini «aeroportda shaxsni tekshirish» jarayoniga o‘xshatdi. Maqsad - zararli dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilardan himoyalanish. Google fikriga ko‘ra, rasmiy do‘kondan tashqarida bunday dasturlar 50 baravar ko‘proq.
Google ilovalarni Google Play’dan tashqarida tarqatadigan dasturchilar uchun yangi konsol yaratadi. U yerda mustaqil ishlab chiquvchilar uchun tijorat versiyasidagidan farq qiladigan vositalar bo‘ladi. Google Play bilan ishlayotgan dasturchilar allaqachon tekshiruvdan o‘tgan va avtomatik ravishda talablarga javob beradi.
Yangi tizimni sinovdan o‘tkazish 2025 yil oktabr oyida boshlanadi. 2026 yil mart oyida tekshiruv barcha uchun ochiq bo‘ladi. Birinchi cheklovlar 2026 yil sentabr oyida Braziliya, Indoneziya, Singapur va Tailandda kuchga kiradi. 2027 yildan boshlab ushbu qoidalar barcha mamlakatlarga taalluqli bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:35 / 28.11.2025
Google Gemini sun’iy intellekt platformasida o‘zbek tili joriy etildi
22:05 / 28.11.2025
ChatGPT odamlarning ma’lumot izlash usulini o‘zgartirdi
12:21 / 12.11.2025
Google Germaniyada 2029 yilgacha 5,5 mlrd yevro investitsiya kiritadi
14:14 / 31.10.2025