O‘zbekiston | 01:01 / 19.12.2018
23443
2 daqiqa o‘qiladi

Aholining keng qatlamlari orasida “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasini, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aholining keng qatlamlari orasida quyidagilarni o‘z ichiga olgan “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanmoqda.

  • aholining umumiy jismoniy tayyorgarligi darajasiga sport normativlarini va davlat talablarini belgilash;
  • aholining turli yoshdagi guruhlari o‘rtasida sport musobaqalarini o‘tkazish;
  • yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan fuqarolarni “Alpomish” va “Barchinoy” I, II va III darajali ko‘krak nishonlari bilan taqdirlashni joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarni o‘tkazishni tashkil qilish to‘g‘risida hukumat qarorini qabul qilishi belgilanmoqda.

Mavzuga oid