O‘zbekiston | 14:21 / 12.02.2020
4591
2 daqiqa o‘qiladi

Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta'minlash byurolari tashkil etiladi

Aholini ish bilan ta'minlash borasidagi chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish hamda bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash rejalashtirilgan

Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi. 

2020 yil 1 noyabrga qadar normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tayyorlanadi. Loyihalarda:

haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish tartibini takomillashtirish;

jamoat ishlari tashkil etiladigan tumanlarda doimiy yashamaydigan fuqarolarni qamrab olish;

davlat-xususiy sheriklik asosida innovatsion vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta'minlash byurolari faoliyatini tashkil etish;

Jahon banki, Xalqaro mehnat tashkiloti hamkorligida mehnat organlari xodimlarining kasbiy bilim va tajribasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;

mehnat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini kengaytirish, ularning ishsizlikni kamaytirishdagi samaradorligini oshirish;

Mehnat vazirligi markaziy apparati huzurida Yagona situatsion monitoring markazini tashkil etish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, IIV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid