Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident zamonaviy qadoqlash materiallari ishlab chiqarish korxonasini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida faoliyat yuritayotgan Kmita Polymers korxonasiga tashrif buyurib, zamonaviy qadoqlash materiallari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Korxonada mahalliy va eksport bozorlari uchun polimer hamda termoqisqaruvchi plyonkalar ishlab chiqarilmoqda.
Rossiyaning Polymers kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur korxona maxsus va keng assortimentdagi polietilen plyonka mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona 6 ming 670 kvadrat metr maydonda joylashgan bo‘lib, Italiyaning zamonaviy texnologik uskunalari bilan jihozlangan.

Loyihaning umumiy qiymati 15,2 million dollarga teng. Birinchi bosqichda 7,4 million dollar investitsiya o‘zlashtirilgan. Korxona ishga tushirilishi natijasida yiliga 9,5 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.

Bu yerda 50 ta yangi ish o‘rni tashkil etilgan. Keyingi bosqichlarda ish o‘rinlari sonini yanada ko‘paytirish rejalashtirilgan.
2025 yilda korxona tomonidan 115 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, 6 million dollarlik mahsulot Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilingan.

Ta’kidlanganidek, qadoqlash industriyasi oziq-ovqat, qurilish, farmatsevtika va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarning uzluksiz faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega. Shu bois bu kabi yuqori texnologiyali ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish mamlakat sanoati va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
22:46 / 02.06.2026
Madaniyat, san’at va adabiyot sohasi uchun keng ko‘lamli imtiyozlar e’lon qilindi
22:05 / 02.06.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
14:24 / 02.06.2026
Uch yilda kimyo sohasida 42 ta yirik loyiha amalga oshiriladi
13:52 / 02.06.2026