Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston ta’lim tizimiga 40 million dollar grant ajratadi
Mablag‘lar 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi va boshqa yo‘nalishlarga sarflanadi.
O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi. Bu haqda vazir Hilola Umarova xabar berdi.
Qayd qilinishicha, vazirlik vakillari Saudiya Arabistonining Ar-Riyoz shahrida Human Capability Initiative 2025 xalqaro forumida ishtirok etmoqda. Forumning ilk kunida O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolangan.
Loyihaning asosiy yo‘nalishlari esa quyidagicha:
- respublikamiz bo‘yicha 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi;
- maktablarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash;
- o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha dasturlar;
- inklyuziv ta’limni rivojlantirish;
- o‘quv dasturlarini takomillashtirish;
- maktabgacha ta’lim sifatini oshirish.
Grant Global Partnership for Education (GPE) dasturi doirasida ajratiladi.
Mavzuga oid
11:03 / 02.01.2026
Ta’lim sohasida bozor xizmatlari o‘smoqda: hududlar kesimida ko‘rsatkichlar
14:52 / 09.11.2025
“Bir yillik qattiq harakat 100 000 dollar investitsiya olib keladi” – AQShdagi o‘zbek grant yutish haqida
15:25 / 24.09.2025
Korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi NNT loyihalariga grant ajratiladi
19:36 / 20.09.2025