Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida rejalangan yöl qurilişlari sabab 50 mingdan ortiq daraxtlar va butalarning kesilişini nazarda tutuvçi loyihalar özgartiriladi.
Hukumatdagi manbaning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Avtomobil yöllari qömitasiga yaşillikka zarar yetkazmagan holda loyihalarni töliq qayta körib çiqiş yuklatilgan. “Endi daraxtlarga tegilmaydi”, dedi u.
27 iyul kuni hukumatda şunday masala körib çiqilayotganini Ekologiya vazirligi tasdiqlagan edi. Vazirning birinçi örinbosari Obidjon Qudratov matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri savoliga javoban vazirlik bunga qarşi turganini aytgandi.
“Biz qarşilik bildirişdan taşqari, tegişli organlarga yozma tarzda ham murojaat qilganmiz. Tez orada Surxondaryo va Buxoroda jamoatçilik eşituvini taşkil qilamiz. Şundan sönggina qaror qabul qilinadi”, – degandi u.
28 iyul kuni Ekologiya vazirligi holat yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
“2023 yil 6 iyul kuni Buxoro viloyati hokimligi A-380 avtomobil yölining 150-228 km uzunlikdagi “Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” qismini rekonstruksiya qiliş loyihasini tasdiqlaş uçun Ekologiya vazirligiga yuborgan. Loyihada 31 ming 371 ta daraxt va butalarni yaqin atrofdagi böş joylarga köçirib ötqaziş közda tutilgan.
Şu bilan birga, joriy yilning 7 iyul kuni Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan 4R-100 “Manğuzor-Jarqörğon-Bandixon-Oltinsoy-Denov” avtomobil yölining 128-174 km va 4R-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yölining 5-70 km qismlarini rekonstruksiya qiliş loyihasi yuzasidan 21 ming 803 dona daraxtni belgilangan tartibda köçirib ötqazişda amaliy yordam sörab murojaat qilingan.
Ma’lumot uçun: Boş vazir örinbosari J.A.Xöjayev tomonidan imzolangan Hukumat komissiyasining 2023 yil 21 iyuldagi 58-son bayonnomasiga muvofiq, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligiga bir hafta muddatda daraxtlarni atrof-muhitga zarar yetkazmasdan köçiriş böyiça Hukumat komissiyasiga xulosa beriş va tegişli takliflar kiritiş topşirilgan.
Bir qator naşrlarda Hukumat komissiyasining bayonnomasiga havola qilingan ma’lumotlar (“...52 ming daraxt kesiş körsatmasi”, “Anomal issiqda 70 mingga yaqin daraxt kesilişi”, “Abduhakimovga 53 ming 174 tup daraxtni öldirişga xulosa beriş topşirilgan”) töğri emas. Hukumat komissiyasining 2023 yil 21 iyuldagi 58-sonli bayonnomasiga töğridan töğri tayanib (bu haqda jurnalistlar va blogerlarning özlari aytib ötgan) ta’kidlaymizki, uşbu hujjatda daraxtlarni kesiş haqida birorta ham söz, şuningdek, bunday issiq mavsumda yaşil maydonlar bilan biron bir çora köriş böyiça körsatmalar yöq.















