Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer atrofidagi kelishuvlar: ikki hududda noqonuniy harakatlar to‘xtatildi
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida joylarda qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ikki shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida 1987 yilda tug‘ilgan shaxs chorvachilik bilan shug‘ullanishni rejalashtirayotgan fuqaroning ishonchiga kirib, tuman hokimligi zaxirasidagi 3,5 gektar yer maydonini go‘yoki tanish mansabdorlar orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 mlrd 500 mln so‘m talab qilgani aytilmoqda. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda shaxs 110 ming AQSh dollari va 100 mln so‘mni qabul qilayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkor Amudaryo tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan shaxsning ishonchiga kirib, aslida boshqa fuqaroga quyonchilikni rivojlantirish uchun Taxiatosh tumanidan ajratilgan 169 gektar yer maydonini o‘ziga tegishli deb ko‘rsatgani, uning 50 gektarini har gektariga 1 000 dollardan, jami 50 ming AQSh dollariga sotishni taklif qilgani ma’lum qilindi. Talab qilingan pulni olgan paytda u ham ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ikki holat yuzasidan gumon qilinuvchi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:42 / 27.11.2025
Saida Mirziyoyeva Nukusdagi yangi Karakalpak Palace Hotel mehmonxonasi bilan tanishdi
13:31 / 05.11.2025
Qoraqalpog‘iston: tuz sanoatiga yirik sarmoyalar yo‘naltiriladi
12:34 / 05.11.2025
Qoraqalpog‘istonda xorijiy investitsiyalar hisobidan Yoshlar markazi barpo etiladi
10:44 / 04.11.2025