Rossiyaga iş izlab ketgan buxorolik Zuhriddin Yöldoşev bugun Ukraina asirligida. Özining aytişiça, uruşga majburan jönatilganidan keyin jang qilmay, asir tuşişni tanlagan, keyinçalik asirlar almaşinuvi doirasida Rossiyaga qaytişni rad etgan. U vataniga qaytiş uçun Özbekiston davlatidan najot kutmoqda.
Buxoro viloyati Ğijduvon tumanida tuğilgan Zuhriddin Yöldoşev Rossiyaga işlaş uçun ketgandi. Lekin köp ötmay Rossiya–Ukraina uruşida asir tuşgan yoki halok bölgan şaxslar haqida ma’lumot berib boruvçi telegram kanallarda uning ham ism-familiyasi paydo böldi.
Kun.uz Buxoro viloyatida bölib, voqea tafsilotlarini örgandi.

Muhriddin Yöldoşevning aytişiça, ukasi Zuhriddin avval ham Rossiya Federetsiyasiga borib işlab kelib yurgan. Bu safar 2025 yil avgust oyida Orenburg şahriga borgan va uç-tört kundan söng haydovçi sifatida iş topganini aytgan. U qonuniy tartibda işlaşga ruxsatnoma oliş harakatida bölgan.
“Ukam hujjatlarini Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tekşirayotganini aytdi. Ikkimiz ham bu holatga tuşunmadik, odatda işlaş uçun ruxsatnoma oliş tartibi bunaqa bölmasdi. Rossiyadagi vaziyatdan kelib çiqib, migrantlarni jiddiy tekşirişayotgan bölsa kerak, deb öyladik. Bir neça kundan keyin ukam bilan yana suhbatlaşganimda, u Lugansk şahriga “Gazel”da qurol olib borayotganini aytdi. Angladimki, u uruşga jalb qilingan. Keyin vaziyatni tuşuntirişini söradim. Ukam haqiqatan ham uruşga jalb qilinganini, telefoni nazoratda ekanini va ortiqça gapirolmasligini aytdi”, – deydi Muhriddin.
Zuhriddin uruşga jönab ketişidan avval öziga nimadir bölsa, akasiga özini qayerdan, kimlardan suriştiriş mumkinligini ma’lum qilgan. U uruşga kirmasligi, imkonini topib qoçişi yoki ukrain harbiylariga taslim bölişini bildirgan. Maqsadi tirik holda Özbekistonga qaytiş bölgan.
Muhriddin Yöldoşevning aytişiça, ijtimoiy tarmoqlarda köplab rus-ukrain kanallari, guruhlari mavjud bölib, ularda asir tuşganlar, Markaziy Osiyodan uruşga ketayotganlar, vafot etganlar röyxati, video va suratlari e’lon qilib boriladi. Ukrainada asir tuşgan ukasi haqida ham dastlab öşa telegram kanallarda xabar berilgan.
2025 yil 24 sentabr kuni özini Özbekiston Taşqi işlar vazirligidan deb taniştirgan odam Zuhriddinning yaqinlari bilan telefon orqali boğlangan va uning haqiqatan ham asirlikda ekanini tasdiqlagan.










