Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan xaridorlardan ogoh bo‘lishni so‘radi
Ko‘pgina ogohlantirishlarga qaramay, bugungi kunda fuqarolarga yangi avtomobil taklif qilib, aldov yo‘li bilan ularning mablag‘larini o‘zlashtirayotgan firibgarlik holatlari hali hamon uchrab turibdi, deya xabar beradi GM Uzbekistan.
Bildirilishicha, ular turli lizing va kredit tashkilotlari ko‘rinishida xaridorlarga avtomobil taklif qilib, mablag‘larini o‘zlashtirmoqda. Huquq-tartibot organlari tomonidan ularning faoliyatlariga chek qo‘yilayotganiga qaramay bu kabi hodisalar davom etmoqda.
GM Uzbekistan AJ yangi avtomobil xarid qilish istagida bo‘lgan xaridorlardan ogoh bo‘lishni hamda faqatgina kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilishni so‘radi.
Kompaniya rasmiy dilerlarining to‘liq ro‘yxati bilan kompaniya rasmiy saytining ushbu havolasida tanishish mumkin.
Bu kabi qonunga xilof holatlarning guvohi bo‘lsangiz darhol kompaniyaning 78 141 77 77 “Ishonch telefonlariga” murojaat qilishingiz so‘raladi, deya yakunlangan xabar.
Mavzuga oid
09:37 / 10.01.2026
Soxta akkaunt bilan pul undirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
19:16 / 08.01.2026
Uchtepa tumani hokimligi xodimi 3 ming dollar bilan ushlandi
11:15 / 07.01.2026
Ijtimoiy tarmoqlarda “Musodara tovarlar” nomli soxta guruhlar tashkil etib, firibgarlik qilgan shaxslar ushlandi
20:50 / 06.01.2026