Buxoro viloyatida firibgarlik bilan boğliq holat foş etildi. Muqaddam bir neça bor sudlangan şaxs 2025 yil dekabr oyida Telegram ijtimoiy tarmoğida viloyatdagi taşkilot rahbarlaridan biriga tegişli fotosuratdan foydalangan holda uning nomidan soxta akkaunt oçgan.

Uşbu akkaunt orqali u bir qator korxona, muassasa va taşkilot rahbarlariga göyoki “xizmat topşiriği” mazmunida xabarlar yuborib, ulardan pul talab qilgan. Uning gaplariga işongan rahbarlardan biri uning bank kartasiga 8 million söm ötkazib bergan.

Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatildi.