Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Honda o‘zining birinchi xususiy samolyotini taqdim qildi: u mustaqil ravishda qo‘na oladi
Ikki dvigatelli Honda samolyoti o‘z toifasida birinchi bo‘lib AQShning Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (FAA) tomonidan Garmin’ning favqulodda holatda avtomatik qo‘ndirish tizimi - Emergency Autoland (EAL) uchun sertifikat oldi.
Elite II Foto: Honda Aircraft Company
Honda Aircraft kompaniyasi ma’lum qilishicha, Elite II samolyoti Garmin’ning favqulodda avtomatik qo‘nish tizimi (EAL) bilan jihozlanadi — bu tizim zarurat tug‘ilganda samolyotni avtonom tarzda qo‘ndirish imkonini beradi. U FAA tomonidan mazkur tizimga sertifikat olgan o‘z segmentidagi ilk yengil, ikki dvigatelli reaktiv samolyot hisoblanadi.
Honda ta’kidlashicha, bu xavfsizlik texnologiyasini o‘rnatish samolyot egalari va operatorlari tomonidan “juda kutilayotgan” yangilik edi. Shu bois kompaniya EAL tizimini boshqa bozorlardagi nazoratchi organlardan ham sertifikatlash ustida ish olib bormoqda — maqsad xorijdagi pilotlar uchun ham parvoz vaqtida xuddi shunday xotirjamlikni ta’minlash.
2019 yilda taqdim etilgan EAL tizimi samolyotni favqulodda qo‘nish uchun eng yaqin aeroportga yo‘naltiradi. Avvalo u ob-havo sharoiti, yer rel’yefi, yonilg‘i zaxirasi va uchish-qo‘nish yo‘lagi (UQY)ning uzunligini baholab, eng maqbul aeroportni tanlaydi. Keyin samolyotni qo‘nishga tayyor holatga keltiradi, uni xavfsiz tarzda yerga olib tushadi va UQYda to‘liq to‘xtaguniga qadar tormozlarni ishga tushiradi. Tizimni bir tugmani bosish orqali oson faollashtirish mumkin, ammo pilot javob qaytarmasa, u avtomatik ravishda ham ishga tushadi. Bundan tashqari, u favqulodda vaziyat haqida havo harakatini boshqarish xizmatlarini avtomatik tarzda xabardor qiladi.
Bu — Elite II 2022 yilda ishga tushirilganidan beri orttirgan yagona foydali avtonom funksiya emas. 2024 yilda u o‘z turida Garmin Autothrottle — dvigatel “gazi”ni avtomatik boshqarish tizimi bilan jihozlangan birinchi samolyotga aylandi. Ushbu tizim parvozning uchishdan tortib qo‘nishgacha bo‘lgan bosqichlarida dvigatel rejimlarini avtomatik tarzda boshqaradi va pilotning ish yukini kamaytiradi. EAL va Autothrottle tizimlari birgalikda samolyotni yakka pilot tomonidan boshqarish imkonini beradi.
Mavzuga oid
13:56 / 23.03.2026
AQShda yo‘lovchi samolyoti o‘t o‘chiruvchi mashina bilan to‘qnashib ketdi
21:04 / 19.03.2026
Yaponlar dunyodagi eng xunuk deb ta’riflanayotgan samolyotni qurdi
10:33 / 28.02.2026
Boliviyada samolyot qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
20:42 / 21.02.2026