O‘zbekiston | 20:30 / 18.07.2024
8409
2 daqiqa o‘qiladi

Elektromototsikl, moped va skuter uchun alohida davlat raqam belgilari joriy etiladi

Shuningdek, tez tibbiy yordam avtomobillari ham shunday davlat raqam belgilariga ega bo‘ladi.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

17 iyul kuni «O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

- Yo‘l harakati qoidalariga elektromototsikl, skuter va individual harakatlanish vositalarida harakatlanish tartibini, ularning tushunchalarini hamda ushbu transport vositalari bilan bog‘liq yo‘l belgilari kiritiladi;

- elektromototsikl, moped va skuterlarni boshqarish uchun yosh chegarasini hamda haydovchilik guvohnomasini olish tartibi belgilanadi;

- avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash yakuni bo‘yicha ulardan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan amaliy imtihonlar olish tashkil etiladi;

- tez tibbiy yordam avtomobillari hamda elektromototsikl, moped va skuterlar uchun alohida farqlovchi davlat raqam belgilari joriy etiladi.

Mavzuga oid