O‘zbekiston | 10:48 / 05.03.2018
13124
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

InFinBank ATB raqamli transformatsiyaning birinchi bosqichini yakunladi

Foto: InFinBank

«InFinBank» ATB O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonini bajarish va 2018 yilgi «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar» Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli raqamli transformatsiyalar birinchi bosqichini yakunladi.

Ushbu bosqich doirasida SAP korporativ dasturiy ta'minot sohasidagi jahon yetakchisi yechimlari asosida korporativ ma'lumotlarni saqlash joyi (MSJ) yaratildi, mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar Boshqarmasi (Customer Relationship Management – CRM) tizimlari joriy etildi. Kompaniya shuningdek, Pegasystems (AQSh) yechimlari asosida yuridik va jismoniy shaxslar uchun kredit konveyerini yaratdi. Loyiha aholi uchun, shu jumladan Respublikaning chekka hududlarida bank mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada oshirdi.

Foto: InFinBank

«SAPRUN Group» kompaniyasi (Rossiya Federatsiyasi) bank transformatsiyasi uchun innovatsion mahsulotlarni joriy etishda sherik bo‘ldi.

Yangi SAP CRM tizimi nafaqat bankning barcha bo‘linmalarida 600 mingdan ortiq mijozlarni yagona tizimda birlashtirishga, balki xizmat ko‘rsatish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirishga ham imkon berdi - endi mijozlar hujjatlar to‘plamini faqatgina bir marta taqdim etib, bo‘linmalardan birida ro‘yxatdan o‘tadi.

Koll-markazlar yaratilishi va uning avtomatlashtirilishi tufayli mijozlar murojaatini ko‘rib chiqish muddati 3 ish kuniga qisqartirildi. Endilikda bank mijozi o‘z hisobining holati, oldingi arizalar va murojaatlar bo‘yicha batafsil ma'lumot olish imkoniyatiga ega.

«Biz «InFinBank» ATB bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz, O‘zbekistonda birinchi bank raqamli transformatsiyasini amalga oshirdik. Har qanday bankni kompleks transformatsiyasi mustahkam poydevorsiz mumkin emas. Texnologik jihatdan eskirgan tizimlarda biror narsa qurish foydasiz, shuning uchun shuni ta'kidlab o‘tish kerakki, bizning hamkorlarimiz raqamli yadrodan islohotga kirishib, eng to‘g‘ri yo‘lni tanlashdi. Kelajakda raqamli bankning barcha muhim jarayonlari aynan shu ishonchli, jiddiy tizim asosiga quriladi. Yadroda bozorga tezda yangi mahsulotlarni olib kirish va biznes ilovalarni ishlab chiqish uchun barcha kerakli vositalar va sozlamalar mavjud», - deydi SAP biznesini O‘zbekistonda rivojlantirish bo‘yicha direktori Laziz Adhamov.

Foto: InFinBank

220 dan ortiq manbalardan ma'lumotlar – bank tizimlari va bo‘linmalari, shu jumladan CRM va Kredit konveyeri haqidagi ma'lumot endi Korporativ ma'lumotlar saqlash joyiga yo‘naltiriladi. Bu menejmentga biznesning muhim og‘ishlarini muntazam kuzatish, boshqaruv qarorlarini tezkorlik bilan qabul qilish, barcha sohalar bo‘yicha birlashtirilgan tahliliy hisobotlarni shakllantirish imkonini beradi. Tizimning o‘ziga xos xususiyati - asl ma'lumotlarning buzilishlariga to‘sqinlik qiluvchi va uning ishonchliligi kafolati bo‘lib xizmat qiladigan dastlabki ma'lumotlarni qo‘lda tuzatish imkoniyatining yo‘qligi.

«InFinBank» ATBning o‘z kredit imkoniyatini oshirish bo‘yicha rejalariga muvofiq, muhim jarayonlardan biri ham avtomatlashtirildi: kreditlar bo‘yicha arizalarni qayta ishlash.

«Yangi raqamli reallikda biz mijozga yaqin bo‘lishimiz kerak, - deydi Bankning Kredit operatsiyalari va investitsiyalar faoliyatini boshqarish Departamenti boshlig‘i va joriy etilgan loyihalar dasturi rahbari Bobur Burxonov. - Biz Kredit konveyerini tatbiq etish bo‘yicha katta ishni amalga oshirdik, hamda bu biz uchun mintaqalar uchun differentsiyalangan stavkalar tizimini yaratishga imkon berib, aholi uchun kredit berish shartlarini yaxshilash va kredit berish muddatini 5 barobar qisqartirishga sharoit yaratdi».

Foto: InFinBank

2018 yilga bankning IT-landshaftiga mobil aloqa tizimini joriy etish va bank mijozlari uchun mobil ilovani ishlab chiqish, shuningdek, byudjyetlashtirish va narxlashtirishni o‘z ichiga olgan bir qator operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish rejalashtirilmoqda.

SAP - korporativ ilovalar bozorida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniya har istalgan o‘lchamdagi va ixtisoslikdagi tashkilotlarga o‘z bizneslarini yanada samarali boshqarishga, xususan, yordamchi xizmatlar yoki direktorlar kengashi, ombor yoki do‘kon, ish stolidagi yoki mobil ilova bo‘yicha yordam beradi.

SAP yechimlari va xizmatlaridan 345 000 dan ortiq mijozlar foydalanadi, kompaniyaning ilg‘or texnologiyalari yuqori rentabellikni kafolatlaydi, uzluksiz moslashuvchanlik va barqaror o‘sishni ta'minlaydi.

Foto: InFinBank

Bank sohasida dunyoning eng yirik 30 bankidan 21 tasi SAP mahsulotlaridan foydalanadi, ular orasida HSBC (Buyuk Britaniya), Bank of America (AQSh), Commerzbank AG (Germaniya), Deutsche Bank (Germaniya), LBBW Landesbank Baden-Württemberg (Germaniya) va Commonwealth Bank (Avstraliya) bor.

1992 yilda SAP SE’ning Moskvadagi ofisi ochildi. Bundan tashqari, so‘nggi 20 yil mobaynida SAP vakolatxonalari Yekaterinburg, Sankt-Peterburg, Ijyevsk, Olmaota va Minsk shaharlarida ochildi, xodimlar soni esa 1100 kishidan oshdi. Qo‘shimcha ma'lumot www.sap.com va www.sap.ru saytida.

Foto: InFinBank

Pegasystems mahsulotlari korxona biznes jarayonlarini intellektual boshqarish va ularning bozor talablariga moslashishi uchun yechimlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Pegasystems mijozlari orasida dunyodagi eng yirik banklar - HSBC (Buyuk Britaniya), JPMorgan Chase & Co (AQSh), Royal Bank of Scotland (Shotlandiya), Deutsche Bank (Germaniya), Bank of New York (AQSh) va Mellon Lloyds Banking Group (Buyuk Britaniya) bor.

Bu O‘zbekiston Respublikasi bank sektoridagi avtomatlashtirishning bunday ko‘lami bo‘yicha birinchi loyihadir.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid