O‘zbekiston | 09:46 / 23.11.2021
859
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryodagi korxona 171 nafar ishchi va xizmatchilariga bir necha oydan buyon maosh bermayotgani aytildi

Foto: Kun.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda “MUBORAK-EKO XAYoT” MChJ tomonidan xodimlarga bir necha oydan buyon oylik ish haqi berilmayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Xabarlar bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan.

O‘rganishga ko‘ra, “MUBORAK-EKO XAYoT” MChJ tomonidan fuqaro T.Shomirzayev va MChJning 171 nafar ishchi va xizmatchilarining 2021 yil avgust oyi ish haqlari to‘liq, sentyabr oyi ish haqidan 55 foiz miqdoridagi ish haqlari joriy yilning 28 oktyabr kuni to‘lab berilgani ma'lum bo‘lgan.

Shuningdek, MChJ tomonidan fuqaro T.Shomirzayevning 2021 yil sentyabr oyi ish haqining 45 foizi va oktyabr oyi ish haqi jami 1 million 711 ming so‘m hamda jamiyatning 171 nafar ishchi va xizmatchilarining 222 million 275 ming so‘m miqdoridagi ish haqlari Mehnat kodeksining 154-161-moddalari talabiga ko‘ra to‘lab berilmagani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur ish haqlarini undirish masalasida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritilgan.

Mavzuga oid