Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumani tibbiyot birlaşmasi “COVID-19” maxsus poliklinikasi xodimlarining rağbat tölovlari tölab berilmayotganligi haqida axabarlar tarqaldi. Xabar yuzasidan viloyat SSB munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinişiça, koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik xizmati va boşqa xodimlarni qöşimça moddiy rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi vaqtinça nizom qabul qilingan.
Nizomga köra, tadbirlarga jalb qilingan xodimlar röyxati şakllantirilgan tabellar tegişli muassasa hamda taşkilot rahbarlari buyruği bilan tasdiqlangan holda dastlab viloyat sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşqarmasiga, keyin hududiy soğliqni saqlaş boşqarmasiga taqdim etiladi.
Aniqlanişiça, Çiroqçi tumani tibbiyot birlaşmasida taşkil etilgan koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolaş jarayonida iştirok etgan tibbiyot xodimlariga tasdiqlangan tegişli röyxat asosida ular işlagan davr uçun oylik lavozim maoşiga qöşimça moddiy rağbatlantiriş tölovlari hisob-kitob hujjatlarini tayyorlaş tuman TTB hamda viloyat SEO va JSX boşqarmasi mas'ullari tomonidan keçiktirib yuborilgan. Natijada bu hujjatlar 2021 yil 1 noyabrda viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasiga yetib kelgan.
Şundan söng mazkur hujjatlarni belgilangan tartiblar asosida örganib çiqiş, tahlil qiliş, röyxatlar maxsus ştab mutasaddilari tomonidan soliştirilgan. 2021 yil 8 noyabr kuni bu jarayon yakunlanib, hujjatlar tasdiqlangan va tölovni taşkil etiş böyiça zarur çoralar belgilangan.
Hisob-kitob hujjatlari tayyorlaşni keçiktirgan mutasaddilarga nisbatan intizomiy çora körilgan.
«Çiroqçi tumani tibbiyot birlaşmasi ayrim tibbiyot xodimlarining ötgan yilgi rağbatlantiriş tölovlari haqidagi murojaatlari böyiça qöşimça örganişlar davom etmoqda», deyiladi munosabatda.
Samarqandda koronavirusga qarşi kuraşgan tibbiyot xodimlariga ustama tölab berilmayotgani aytildi

















