Ma'lum qilinişiça, Majburiy ijro byurosi Qarşi şahar bölimi iş yurituvida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati Qaşqadaryo viloyat boşqarmasidan öz xodimlariga 485 million 567 ming 740 sömlik iş haqi, ma'naviy zarar va maxsus qöşimça rağbatlantiriş pullarini undiriş haqidagi jami 15 ta ijro hujjatlari mavjud.

Qayd etilişiça, ijro hujjatlaridan 13 tasi bevosita 2020 yilda koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşişga  jalb qilingan tibbiyot xodimlari foydasiga rağbatlantiriş pullarini undiriş bilan boğliq.

Uşbu ijro hujjatlari yuzasidan qarzdor taşkilotga tegişli bölgan köçmas mulk obekti, Nexia-3 va Gentra avtomobillari xatlab olingan hamda Nexia-3 maşinasi elektron onlayn auksion savdosiga çiqarilgan.

Bundan taşqari qarzdorliklarni öz vaqtida tölaş çorasini körmagani uçun boşqarma boş hisobçisi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 198-moddasi 2-qismiga asosan BHMning 10 baravari miqdorida jarima jazosiga tortilgan.