Jahon | 08:03 / 09.07.2018
7372
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda vyortolet turar joylar ustiga quladi

Foto: WYDaily/Bryan DeVasher

AQShning Vilyamsburg shahrida (Virjiniya shtati) vertolyot turar joylar ustiga qulab tushdi. Bu haqda AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqaruvi ma'lum qildi. 

WTKR kanalining ma'lum qilishicha, falokat oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Eurocopter EC 135 tibbiy vertolyoti taunxauslar posyolkasi ustiga qulab, kuchli yong‘in keltirib chiqargan. Voqea William & Mary kolleji yaqinida yuz bergani sabab ta'lim muassasasi korpuslariga ziyon yetgan.

Aviahalokat sabablari hozircha o‘rnatilmagan. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va aviatsiya sohasidagi mutaxassislar ish olib borishgan.

Foto: WYDaily/Bryan DeVasher

 

Mavzuga oid