Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura Akademiyasining yangi binosi ochildi
16-17 may kunlari Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan «Huquqni muhofaza qilish sohasida ilmiy va ta'lim salohiyatini oshirish: mavjud tendensiyalar va istiqbollar» mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Tadbirda ilm-fan va ta'lim sohasidagi 50dan ziyod xorijiy ekspertlar, shuningdek 21 davlat va 11 xalqaro tashkilotlarning amaliyotchilari ishtirok etishdi.
Konferensiya dasturiga muvofiq, amaliy mashg‘ulot va masofaviy ta'lim uchun barcha zarur sharoitlari mavjud bo‘lgan Bosh prokuratura Akademiyasining yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ikki tomonlama uchrashuvlar yakunida Xalqaro (IACA) va Malayziya (MASA) korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyalari, Turkiya Adliya akademiyasi, Ukraina prokuraturasining Milliy akademiyasi, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasining prokuror xodimlarini kasbiy tayyorlash markazlari bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.


Mavzuga oid
18:32 / 04.03.2025
Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11:59 / 06.02.2025
13 yoshli qizga shilqimlik qilgan er-xotin ishi bo‘yicha protest kiritildi - Bosh prokuratura
14:03 / 11.12.2024
Ommaviy tartibsizliklar tashkil qilishga tayyorgarlik ko‘rganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda
17:18 / 04.09.2019