Asaka tumanida 13 yoşli qöşni qizga pul evaziga jinsiy aloqada böliş taklifini bergan er-xotin işi sudda taftiş tartibida qayta köriladi. Boş prokuratura holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinişiça, Boş prokuratura ma’muriy iş böyiça çiqarilgan sud qarorlari qonuniyligini örgangan. Örganiş natijasiga köra, Boş prokuratura tomonidan Oliy sud jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga jinoyat işlari böyiça Asaka tuman sudining 2024 yil 10 dekabrdagi hamda Andijon viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2024 yil 23 dekabrdagi qarorlariga nisbatan taftiş tartibida protest keltirilgan.
Jinoyat işlari böyiça Asaka tuman sudi qarorida keltirilişiça, 2024 yilning 9 noyabr kuni Asaka tumanining Yuksaliş mahallasida erkak voyaga yetmagan qöşni qizdan jinsiy ehtiyojini qondirib qöyişini söragan. U qizga buning uçun 100 ming söm taklif qilgan.
Erkakning 1992 yilda tuğilgan turmuş örtoği esa 13 yoşli qöşni qizdan erining jinsiy ehtiyojini qondirib qöyişini sörab, buning uçun unga 50 ming söm berişini aytgan. Qiz ularning bu harakatidan qörqib, uydan qoçib çiqib ketgan.
Sud qarori bilan er-xotin şahvoniy şilqimlik qiliş huquqbuzarligini sodir etgan deb topilib, erkakka 5 sutka ma’muriy qamoq, uning turmuş örtoğiga esa bazaviy hisoblaş miqdorining 2 baravari, ya’ni 750 ming söm jarima jazosi tayinlangandi.
Erkak sud qaroridan norozi bölib, viloyat sudiga appelyatsiya bergan, viloyat sudi dastlabki qarorni öz kuçida qoldirgan.
Holatga OAV e’tibor qaratişi ortidan prokuratura sud hujjatlarini örgana boşlagani xabar qilingandi.
















